13 avg 15:56
Yangiliklar
Futbol

Yoaxim Lyov O'zbekiston terma jamoasi taklifiga javob berdi
Germaniyalik Jahon chempionining O'zbekiston terma jamoasida ishlashi haqida xabarlar tarqagandi.
Dunyoga mashhur Bild nashriga ko'ra, Yoaxim Lyov O'zbekiston futbol Associaciyasi vakillari bilan Berlindagi O'zbekiston elchixonasi yordamida onlayn muzokara o'tkazgan. Lyov bu taklif ustida bir necha kun jiddiy o'ylangan va yakunda "muloyimlik" bilan rad javobini bergan.
Eslatib o'tamiz, 65 yoshli mutaxassis 2014 yil Germaniya terma jamoasini Jahon chempioni qilgan va o'sha yili FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Lyov 2021 yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgan va o'shandan beri hech qaerda ishlamagan.
Havola :
Fikrlar