13 avg 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Inoue - Ahmadaliev jangi uchun chiqarilgan chiptalar ikki soatda sotib bo'lindi
Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi IG Arena majmuasida yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev o'rtasida bo'lib o'tadi.
Xorijiy manbalarning xabar berishicha, jang uchun chiqarilgan chiptalarning barchasi atigi 2 soat ichida sotib bo'lingan. Nagoyadagi yangi qurib bitkazilgan IG Arena inshooti 17 ming muxlisga mo'ljallangan.
Eng arzon chiptaning narxi 85 AQSH dollariga baholandi. Eng qimmat chipta esa 1692 dollardan sotildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar