13 avg 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisidagi g'alabali yurishini davom ettirdi
Xabar berganimizdek, bugun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisining navbatdagi bosqichi o'tkazilyapti.
Musobaqada super engil vazn toifasidagi bellashuvlarda bahs olib borayotgan hamyurtimiz Mujibillo Tursunov o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Meksika vakili Mishael Kabreraga qarshi kechgan bellashuv to'liq 6 raund davom etdi. Yakunda Tursunov hakamlarning yakdil qarori bilan (58:55, 57:56, 57:56) zafar quchdi.
Bu g'alaba orqali Mujibillo turnirning yarim final bosqichiga yo'l oldi. U endi keyingi jangini oktyabr oyida o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar