13 avg 13:29
Yangiliklar
Engil atletika

Anvar Anvarov Vengriyadagi turnirda bronza medalini qo'lga kiritdi
Vengriyaning Budapesht shahrida engil atletika bo'yicha Gyulai István Memorial - Hungarian Athletics Grand Prix turniri bo'lib o'tdi.
Butunjahon engil atletika federaciyasining taqvimidan o'rin olgan oltin darajadagi mazkur musobaqada qatnashgan hamyurtimiz Anvar Anvarov shohsupaga ko'tarildi.
Atletimiz Olimpiada va jahon chempionlari jamlangan uzunlikka sakrash sektorida bronza medaliga sazovor bo'ldi. Uning so'nggi urinishda ko'rsatgan 8.05 metr natijasi shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilishini taminladi. Ushbu natija yurtdoshimizga kelasi oy Tokioda bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar