10 sen 19:58
Yangiliklar
Anvar Anvarov dunyoning eng kuchli uzunlikka sakrovchilari safida
Xalqar turnir engil atletikaning 28 ta turi bo'yicha bo'lib o'tadi. Unda Olimpiada va jahon chempionlari, "Brilliant Liga" g'oliblari hamda mavsum davomida yuqori natija qayd etgan eng kuchli atletlar jamlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 10 million AQSH dollarini tashkil etadi, har bir yo'nalish g'olibiga 150 ming dollar beriladi.
O'zbekiston terma jamoasi vakili Anvar Anvarov ham mazkur musobaqada erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etadi.
Anvarovning mavsumdagi eng yaxshi natijasi — 8,29 metr. Ushbu ko'rsatkich bilan u turnirning final ishtirokchilari qatoridan joy olgan. Anvar bilan birga ikki karra Olimpiada chempioni Miltiadis Tentoglu (Greciya), Tajay Gayl (Yamayka), Simon Exammer (SHveycariya), Bojidar Saraboyukov (Bolgariya) kabi dunyoning kuchli atletlari bahs olib boradi.
Erkaklar o'rtasidagi uzunlikka sakrash finali 12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:44 da boshlanadi.

Fikrlar