13 avg 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

SHara Bullet navbatdagi jangini qachon o'tkazishi haqida gapirdi
Rossiyalik UFC jangchisi SHara Bullet burni singanidan so'ng qachon mashg'ulotlarga qaytishini ochiqladi.
U kanadalik Mark-Andre Barrioga qarshi jangda jarohat olgandi.
- SHifokorlar qaytish muddatini qachonga beryapti?
- Olti oy... Menimcha olti oydan so'ng sparringlarni boshlayman. Hozir dam olayapman va bir necha kundan so'ng yuklamalar olishni boshlayman.
- Sen oktyabrda Abu-Dabida yoki noyabrda Qatarda jang qila olasanmi?
- Agar barchasi mening istagimga bog'liq bo'lganida... Nazariy jihatdan menimcha noyabr ko'proq mos keladi. Men SHanxayda jang qilib, keyin oktyabrda Abu-Dabida oktagonga chiqmoqchi edim. Ammo birgina o'tkazib yuboriladigan zarba barcha rejalarni o'zgartirib yuborishi mumkin", - dedi SHara Bullet.
Havola :
Manba : сhampionat.com
Fikrlar