11 okt 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl Peyj endi boshqa promoushenda jang qiladi
UFC va Bellator’ning sobiq jangchisi Maykl Peyj uchun dunyoning eng kuchli Ligasidagi oxirgi jang Nursulton Ro'ziboevga qarshi to'qnashuv bo'lib tarixga kirdi.
Angliyalik aralash yakkakurash ustasi Misfits Boxing promousheni bilan ko'p yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda tashkilotning shanba kuni bo'lib o'tgan turniri davomida elon qilindi.
"Men uzoq vaqtdan beri yakkakurash sportlari bilan shug'ullanaman va ko'plab takliflar olganman. Ammo MF Sports — aynan menga mos keladigan tashkilot. Ular boshqacha uslubda ishlashadi, atrofida katta energiya bor va janglar keng ko'lamda tashkil etiladi. Faoliyatimdagi ushbu yangi bosqichni intiqlik bilan kutyapman va boks olamiga nimalarga qodirligimni ko'rsatmoqchiman", — deya Peyjning so'zlarini keltiradi promoushen matbuot xizmati.
Havola :
Manba : MF Sports
Fikrlar