11 sen 08:36
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Hungary Grand Slam 2026 turniri boshlanadi. Birinchi kun uch dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Vengriya poytaxti Budapesht shahri uch kun davomida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.
Hungary Grand Slam 2026 turnirida O'zbekiston terma jamoasining olti nafar vakili ham tatamiga chiqadi. Bugun musobaqaning ilk kuni ulardan uch nafari — Doston Ro'ziev, Sevinch Murodova va Muhayyo Axmatova bahslarga kirishadi.
Turnirning kunduzgi dastur, yani saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-60 kg: Doston Ro'ziev — Leonardo Barros (Angola)
-73 kg: Elbek Tojiev — Yesset Kuanov (Qozog'iston)
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev — Magamed Borchashvilli (Avstriya)
Qizlar
-48 kg: Sevinch Murodova — Tara Babulfath (SHveciya)
-52 kg: Muhayyo Axmatova — Tay Tu Nguen (Vetnam)
-78 kg: Marjona Ko'chimova — Nikolett Sagi (Vengriya)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar