13 avg 17:46
Yangiliklar
Futbol

APL 1-tur o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Angliya Premer-ligasi yangi mavsumi 1-turidan o'rin olgan o'yinlar "Liverpul"ning vafot etgan vingeri Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Bu haqda Britaniyaning BBC onlayn nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, APLning 1-tur uchrashuvlarida ham futbolchilar qora rangli bog'ichlarini taqishadi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi Ispaniyada ukasi bilan birga vafot etdi. Fojiali voqea 3 iyul kuni sodir bo'ldi. Jota "Liverpul" safida 2020 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi.
"Qizillar" safida portugaliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi chempioni bo'ldi va Angiya kuboklarini qo'lga kiritdi. Jota Portugaliya terma jamoasi bilan UEFA Millatlar ligasi g'olibiga aylandi.
Havola :
Fikrlar