13 sen 17:23
Yangiliklar
Yozda deyarli 400 mln evrodan voz kechgan "Tottenxem" navbatdagi antirekordni yangiladi
SHu tariqa, "shporlar" o'z tarixida ilk bor Angliya chempionatining dastlabki to'rtta o'yinida birorta ham gol ura olishmadi, deb xabar beradi Squawka X ijtimoiy tarmog'ida.
"Tottenxem" Premer-liganing joriy mavsumidagi golsiz seriyasi "Brentford" (0:3) va "Nyukasl Yunayted"dan (0:2) uchralgan mag'lubiyatlarni, shuningdek, "Nottingem Forest" (0:0) va "iriskalar" bilan qayd etilgan duranglarni o'z ichiga oladi. Keyingi turda "Tottenxem Xotspur" 19 sentyabr kuni "Aston Villa"ni qabul qiladi.
"Tottenxem Xotspur" Angliya birinchiligining oliy divizioni turnir jadvalida ikki ochko bilan 17-o'rinda bormoqda. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, liliyarang-oqlar APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallagan edi.

Fikrlar