16 sen 11:10
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" "Tottenxem"ni Liga Kubogidan chiqarib yubordi
Angliya liga kubogi 2026/2027 yilgi mavsumi 1/16 finalidan o'rin olgan "Liverpul" va "Tottenxem Xotspur" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.
Liverpuldagi "Enfild Roud" stadionida kechgan o'yinda mersisaydliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
21-daqiqada "Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. 54-daqiqada Kodi Gakpo mezbonlarning ustunligini mustahkamladi. "Tottenxem" xavbeki Konor Gallaxer 69-daqiqada bitta javob to'pini kiritdi. 90+1-daqiqada esa Dominik Soboslai "shporlar" darvozasiga uchinchi golni urib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi.
Angliya liga Kubogi
“Liverpul” - “Tottenxem” 3:1
Gollar: Mak Allister 21, Gakpo 54, Soboslai 90+1 - Gallaxer 69.

Havola :
Fikrlar