17 okt 10:13
Yangiliklar
Alisher Usmonov APL jamoasini sotib olmoqchi - talkSPORT
Bu haqda o'z manbalariga tayanib jurnalist Alan Breyzil malum qildi.
"Men buni tasdiqlay olmayman, ammo menga Usmanovning "Everton"ga qaytishga harakat qilayotgani haqida malumotlar etib keldi. Unda juda, juda katta pul bor. Ko'rinishidan, janob Usmanov agar imkoni bo'lsa, "Everton"ga katta miqdorda mablag' kiritish uchun qaytishga harakat qilmoqda", — deydi Breyzilning so'zlarini talkSPORT nashri.
Forbes malumotlariga ko'ra, Usmanovning boyligi 12,5 milliard evroga baholanmoqda. "Everton" 2022 yilning martida tadbirkorning kompaniyalari bilan homiylik shartnomalarini to'xtatgan edi. Avvalroq Usmanov Evropa Ittifoqining sankciyalar ro'yxatidan chiqarilgan edi. Biroq, Buyuk Britaniyaga kirish taqiqi va aktivlarning muzlatilishi hamon o'z kuchida qolmoqda.
Fikrlar