Bosh sahifa
06 apr 18:18 Boshqalar

Barkamol avlod-2022: Respublika final bosqichining navbatdagi g'oliblari aniqlandi

Barkamol avlod-2022 sport o'yinlarining Respublika final bosqichidan o'rin olgan badminton sport turi bo'yicha navbatdagi yirik musobaqa o'z yakuniga etdi.

Samarqand viloyati mezbonlik qilgan ushbu musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari respublika chempionligi uchun kurash olib borishdi.

Murosasiz bellashuvlarga aylanib ketgan final bahslari tomoshabinlarda ham yuqori taassurot qoldirdi. 114 nafar o'g'il-qizlar ishtirokida kechgan bahslar yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida Sirdaryo viloyati vakillari 1-o'rinni o'zlariniki qilishdi.

Xorazm viloyati terma jamoasiga 2-o'rin nasib etgan bo'lsa, mezbon samarqandlik yoshlar 3-o'rin bilan taqdirlanishdi.

Malumot uchun, «Barkamol avlod» sport o'yinlarining respublika final bosqichi doirasida yana belbog'li kurash, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo'yicha jami 5 ta musobaqa o'tkaziladi.


Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar