Malum bo'lishicha, Bektemir o'sha kuni 34 yoshli amerikalik bokschi Ulises Sierraga (17-2-2, 10 KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Bektemir shu kungacha prof boksda 11 ta jang o'tkazgan va ularning 10 tasida g'alaba qozongan (8 ta nokaut). 1 ta jangda imkoniyatni boy berib qo'ygan (1 ta nokaut).
Mazkur jang 10 ta raunddan iborat bo'ladi va vakant bo'lib turgan WBA Continental Americas Super Middle kamari uchun o'tkaziladi.
Ushbu jang AQSHning Kaliforniya shtatidagi "YouTube Theater" arenasida o'tkaziladi. Jang oqshomi "GoldenBoy" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.