10 sen 00:13
Yangiliklar
Boks/MMA

SHodiyorjon Meliqo'ziev ham JCH chorak finaliga yo'l oldi
Liverpulda boks bo'yicha World Boxing tashkilotining ilk jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada eng engil vazn -50 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHodiyorjon Meliqo'ziev bugun ikkinchi jangini Avstraliya vakili Omer Izazga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. SHodiyor jang davomida raqibini nokdaun holatiga ham tushira oldi.
Endi SHodiyor navbatdagi jangini chorak final doirasida 12 sentyabr kuni yaponiyalik Sushi Makinoga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar