So’nggi yangiliklar

16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0 11:13"Рекордим 14-0. UFC'га ўтиш вақти келди, шекилли" - Хотамбек Бойназаров 0 10:39Гэтжи Конор Макгрегор билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 09:4119 ёшли Ямаль "Барселона"нинг 91 йил сақланиб турган рекордини янгилади 0 09:08Шу ҳафта Нурсултон билан бир оқшом жанг қиладиган Хукер Нурмагомедовни UFC`да синаб кўришга тайёр 0

10 sen 12:03
Yangiliklar

Kurash

Dushanbe shahrida Dunyo Kurash kuni va tarixiy “Gran Pri” turniri tantanali nishonlandi

6 sentyabr kuni Xalqaro Kurash Associaciyasi (IKA) tuzilganiga 27 yil to'ldi.

SHu sana har yili Dunyo Kurash kuni sifatida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida katta tantana bilan nishonlanadi. Joriy yil bayram marosimlarining bosh markazi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri bo'ldi.

Kunning birinchi qismida SHohambari sport majmuasida mamlakatning eng kuchli to'rtta jamoasi ishtirokida tarixiy Tojikiston “Gran Pri” turniri o'tkazildi. Musobaqada Tojikiston kurash tarixida katta iz qoldirgan chempionlar — Bahodir Halimov, Komronshox Ustopiriyon, Dadaxon Qurbonaliev va Rustam Boqiev nomidagi jamoalar maydonga chiqdi. Ularning tarkibidan kurash, sambo va dzyudo bo'yicha Osiyo hamda jahon chempionlari o'rin oldi.

Bellashuvlar sport muxlislariga haqiqiy bayram tuhfasini ulashdi. Jozibali usullar, dinamik kurashlar musobaqaga o'ziga xos tantana bag'ishladi. Finalda Bahodir Halimov jamoasi va Komronshox Ustopiriyon jamoasi o'rtasida kechgan hal qiluvchi bahslarda Halimov jamoasi munosib g'alabaga erishdi. Ushbu g'alabaga Navro'z Karimzod, Haqnazar Nazarov kabi terma jamoa yulduzlari katta hissa qo'shdi. G'olib va sovrindorlar medal, sertifikat hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida Xalqaro Kurash Associaciyasi Prezidenti Haydar Farman va Tojikiston Kurash federaciyasi prezidenti Abdumalik Orifov barcha ishtirokchilarni qutladi hamda Dunyo Kurash kunini yuksak saviyada nishonlashdagi xizmatlari uchun federaciyaga minnatdorchilik bildirishdi. SHundan so'ng Haydar Farman Dunyo Kurash kuni bayrami va “Gran Pri” musobaqasini rasman ochiq deb elon qildi.

Kunning ikkinchi qismida poytaxtdagi “Anzur” restoranida tantanali kecha o'tkazildi. Unda Xalqaro Kurash Associaciyasi rahbarlari, Tojikiston Kurash federaciyasi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, Sport vazirligi vakillari, sportchilar, murabbiylar va dunyo Kurash oilasi namoyandalari ishtirok etdilar.

Tantanani Haydar Farman ochib, barchani samimiy qutladi. U kurash insoniyat hayotining muhim manaviy qadriyatlariga aylanib borayotganini, uning asosida halollik, mardlik va oliyjanoblik yotganini takidladi. SHu bilan birga, Tojikiston federaciyasiga bayram tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirdi.

SHundan so'ng IKA Vice-prezidenti SHerzodxon Qudratxo'ja so'zga chiqib, Tojik xalqining mehmondo'stligi va oliyjanobligiga yuksak baho berdi. U kurashning jahon sportidagi o'rni tobora mustahkamlanayotganini va kelgusida albatta Olimpiya oilasiga qo'shilishini etirof etdi.

Kechada Tojikiston sanatkorlari kuy-qo'shiq va milliy raqslar ijro etib, bayramona kayfiyat bag'ishladi. Haydar Farman barcha tashkiliy ishlarga hissa qo'shgan federaciya vakillari hamda kurash oilasining fidoiy azolariga Xalqaro Kurash Associaciyasining esdalik sovg'alarini topshirdi.

Dushanbe shahrida o'tgan Dunyo Kurash kuni tadbirlari ishtirokchilar uchun unutilmas voqeaga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing