07 sen 18:21
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC tashkilotidan haydalgan Brayan Battl PFL bilan shartnoma imzoladi
Brayan Battl ikki hafta avval Nursulton Ro'ziboevga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi, ammo vazn qila olmagani uchun hamyurtimizni jangsiz qoldirgandi.
Vazn qila olmaslik Battl uchun yangilik emas. U Nursulton bilan jangga qadar ham bir necha bor vazn qila olmagandi. Aynan shu sabab bilan Gabriel Grin va Rendi Braun jangsiz qolishgandi. Uning Nursulton Ro'ziboevga qarshi jangi CHikagodagi UFC 319 turniri kardidan o'rin olgandi.
O'sha turnirdan keyin Brayan UFC promoushenidan haydaldi. Lekin 30 yoshli Brayan Battl o'zini isbotlash uchun zudlik bilan oktagonga qaytdi. U 29 avgust kuni Dirty Boxing 3 turniri doirasida nafaqat vazn meyorini bajardi, balki 56 soniyada Derik de Freytasni nokautga uchratdi.
Kuni kecha Battl PFL promousheni bilan shartnoma imzoladi. Uning yangi Ligadagi ilk jangi haqida hozircha malumot yo'q.
Havola :
Manba : PFL MMA
Fikrlar