10 sen 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Jozef Parker: "Usik mendan qochyapti"
Superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik jarohati sabab Jozef Parkerga qarshi o'z kamarlarini himoya qilishdan bosh tortdi.
Yangi zelandiyalik bokschi bu holatda Usikni jangdan qochishda aybladi.
"Ha, u mendan qochyapti. Aniq nima uchunligini bilmayman. Menimcha, bu ajoyib jang bo'lardi. Usik birinchi va og'ir vaznda katta tajriba to'pladi. Kuchlilar bilan jang qildi. Bu tomondan olib qarasak, uni qo'rqoqlikda ayblash ham balki noo'rindir. Bilmadim, balki boshqa sabablar ham bo'lishi mumkin", - dedi Parker iFL TV’ga bergan intervyusida.
Endi Parker 25 oktyabr kuni britaniyalik Fabio Uordliga qarshi og'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBO chempionlik kamarini himoya qilish uchun ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar