10 sen 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston erkaklar terma jamoasi Jahon chempionatida ikkinchi yo'qotishni qabul qilib oldi
Kecha boks bo'yicha Jahon chempionatida nimchorak va chorak final bosqich janglari o'tkazildi.
Kun davomida Qozog'iston terma jamoasining 85 kg vazn toifasidagi vakili Bekzad Nurdauletov nimchorak final bosqichi doirasida gruziyalik Georgiy Kushitashviliga qarshi ringga ko'tarildi. Jangda Kushitashvili ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'ldi.
Malumot o'rnida, Nurdauletov 2019 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi. Uning mag'lubiyati Qozog'iston erkaklar boks termasining musobaqadagi ikkinchi yo'qotishiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar