12 okt 17:55
Yangiliklar
Saken Bibosinov og'ir jarohat sabab shifoxonaga yotqizildi
Bu haqda Sports.kz nashri jurnalist Aslan Kajenovga tayanib xabar berdi.
Malum qilinishicha, bokschining umurtqa pog'onasi shikastlangan va u shifoxonaga yotqizilgan.
"29 oktyabr kuni Tarazda Qozog'iston chempionati boshlanadi. Unda Saken Bibosinovni ko'rmaymiz. Afsuski, u kecha mashg'ulot vaqtida og'ir jarohat oldi va shifoxonaga tushdi. Umurtqa pog'onasi shikastlangan. Unga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz", deydi jurnalist.
Bibosinov Qozog'iston terma jamoasining etakchi bokschilaridan biri hisoblanadi. Havaskor boksdagi so'nggi yirik natijasi 2025 yil dekabr oyida IBA jahon chempionatida qayd etilgan. U finalda rossiyalik Vyacheslav Rogozinni mag'lub etib, ikki karra jahon chempioniga aylangandi.
Fikrlar