15 okt 11:03
Yangiliklar
To'liq tarkibda qatnashgan yunon-rum kurashchilarimiz Jahon chempionatini medalsiz yakunlashdi
Ikki kun davomida yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar tashkil etilib, 10 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Afsuski, dunyo birinchiligida to'liq tarkibda ishtirok etgan klassiklarimiz musobaqani medalsiz yakunlashdi.
Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijamiz bronza medali uchun kurashib yutqazganimiz bo'ldi. 60 kg vazndagi kurashchimiz bronza medali uchun bo'lib o'tgan bellashuvda qirg'izistonlik Kubanich Arinovga 0-4, 63 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ozodbek Halimboev rossiyalik Igor Punchenkoga 4-6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qolgan yunon-rum kurashchilarimiz o'z ishtiroklarini birinchi yoki ikkinchi bosqichlarda yakunlashdi.
Etiborlisi, Qozog'iston yunon-rum kurashi terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kkumush, 2 ta bronza medali bilan 114 ochko jamg'argan holda umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. Aybek Aytbekov (60 kg) va Yusuf Ashrapov (72 kg) o'z vaznlarida jahon chempioni bo'lishdi. Temirlan Turdakin (87 kg) kumush, Arsen Juma (55 kg) va Johar Uzarov (130 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi.
Eron terma jamoasi 119 ochko bilan birinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Rossiya klassiklari 105 ochko to'plagan holda yakun yasashdi.

Fikrlar