10 sen 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Rogan Xabib Nurmagomedovning rekordini shubha ostiga oldi
2020 yilda faoliyatini 29-0 rekord bilan yakunlagan Xabib Nurmagomedov mag'lubiyatsiz jangchi sifatida "nafaqa"ga chiqmasligi kerak edi, deydi dunyoning eng kuchli Ligasi sharhlovchisi Jo Rogan.
Amerikalikning so'zlariga ko'ra, Xabibga 2012 yilda braziliyalik Gleyson Tibau mag'lubiyat taqdim etgan.
"Rekordga qaraydigan bo'lsak, Xabibda mag'lubiyat yo'q, ammo bitta jang qarshisida yulduzcha turibdi. Bu yulduzcha - Gleyson Tibou. O'sha jang juda yaqin bo'lgan va menimcha, Xabib yutqazgandi. Aynan shu yigit uni engishi kerak edi. Bu Nurmagomedovning UFC’dagi faoliyatining boshlanishi edi", - dedi Rogan.
Jo Rogan rossiyalik jangchining mag'lubiyati haqida birinchi marta gapirmayapti. O'tgan yilning oktyabr oyida Donald Tramp bilan bo'lgan podkastda ham sharhlovchi Tibau bilan jang haqida gapirib, Nurmagomedov uni "yutqazishi mumkin edi" degan fikrni ehtiyotkorlik bilan bildirgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
O’xshash yangiliklar
08:33
Xaver Mendes: "MMA Dog'istonda birinchi raqamli sport turi, bunga Xabib va uning otasi sababchi" 0
Fikrlar