09 okt 14:10
Yangiliklar
UFC sharhlovchisi Jo Rogan yangi shartnoma bo'yicha chorak milliard dollar oladi
Kompaniya striming xizmati bilan hamkorlikni davom ettirgani uchun Roganga 250 million dollar to'laydi. Rogan 2024 yilda imzolangan avvalgi kelishuv bo'yicha ham shuncha miqdorda mablag' olgan edi, biroq bu safar u o'z kontentini tarqatish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi.
Yangi kelishuv unga mashhur "The Joe Rogan Experience" podkastini Apple Podcasts, Amazon Music, YouTube va boshqa striming xizmatlarida chiqarish imkonini beradi.
2009 yilda ishga tushirilgan Jo Rogan podkasti uning o'ziga xos provokacion hazillarini namoyish etishi va turli mavzularni muhokama qilishi uchun maydonga aylandi. Uning shousiga ko'ngilochar industriya, siyosat, fan va sport vakillari muntazam ravishda mehmon bo'lishadi.
SHu bilan birga, Rogan fitna nazariyalari va noto'g'ri malumotlarni tarqatgani uchun bir necha bor tanqid qilingan, biroq bu uning shousi dunyodagi eng ommabop va ko'p eshitiladigan podkastlardan biri bo'lib qolishiga to'sqinlik qilmayapti.
Stendap-komik sifatida ham tanilgan 59 yoshli amerikalik UFC bilan 1997 yilda hamkorlikni boshlagan. Dastlab u sahna ortida intervyu oluvchi bo'lib ishlagan, 2001 yilda esa, tashkilotga Dana Uayt rahbarlik qila boshlagach, Rogan asosiy sharhlovchilar stoliga o'tirgan va u erda chorak asrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Takidlash joizki, Jo Rogan faqat liga oyiga o'rtacha bir marta o'tkazadigan raqamli turnirlarda ishlaydi va har bir shou uchun taxminan 50 ming dollar gonorar oladi.

Fikrlar