05 sen 23:50
Yangiliklar
Boks/MMA

SHodiyor Meliqo'ziev JCHni nokautli g'alaba bilan boshladi
Britaniyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi.
Musobaqada eng engil vazn - 50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHodiyor Meliqo'ziev ilk bosqichda Saudiya Arabistoni vakili Navaf Avajiga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 2-raundda yakunlandi. SHodiyor 2-raund startida chap qo'l zarbasi bilan raqibni ringga qulatdi. Referi esa darxol jangni to'xtatdi. SHu tariqa, SHodiyor JCHni nokautli g'alaba bilan boshladi.
Bugun shuningdek eng og'ir vaznli bokschimiz Jahongir Zokirov ham ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar