Bosh sahifa
21 apr 10:31 Boks/MMA

Boykot elon qilgan terma jamoalarning jahon chempionatiga tasiri bormi? Rahmatjon Ro'zioxunov javob berdi

Terma jamoa katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov Toshkentda o'tadigan jahon chempionatiga boykot elon qilgan davlatlar haqida gapirdi.

"Boykot elon qilib, Toshkentga kelmayotgan terma jamoalarning bizga hech qanday tasiri yo'q. CHunki AQSHda faqat 80 kg vazn toifasida kuchli bokschi bor. O'ylashimcha, ko'plab davlatlarga, jumladan bizga ham ular kuchli raqobat ko'rsata olmaydi. 

Ulardan tashqari jahon chempionatida 104 davlat terma jamoalari ishtirok etadi. Agar shu 104 ta mamlakat boykot berib, 14 ta terma jamoa qatnashganida, u boshqa gap edi. Bu siz aytgandek, jahon chempionati nufuziga salbiy tasir qilar edi. 

Dunyoning 100 dan ziyod terma jamoalari ishtirok etadigan musobaqada 10 ta davlatning kelmasligi hech qanday rol o'ynamaydi", - dedi terma jamoamiz katta murabbiyi Ro'zioxunov Olamsport.com saytiga bergan intervyusida.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +2 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar