So’nggi yangiliklar

18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0

13 iyu 17:21
Yangiliklar

Futbol

“Bunyodkor”ning bolalari Xorvatiya futbol maydonlarida

Teglar :  Bunyodkor
“Bunyodkor”ni o'zbek futbolining “bahori”ga mengzashadi.

Iqtidorli yoshlar makoni bo'lgan “qaldirg'ochlar” jamoasini o'zbek futbolining kelajagi desak, mubolag'a emas.

Futbol jamoatchiligi ko'z o'ngida “Bunyodkor” hamisha yuksaklikka intiluvchi, yangi-yangi g'oyalarni hayotga tatbiq etuvchi futbol klubi sifatida gavdalanadi...

Aytish joiz, joriy yil iyun oyining birinchi o'n kunligi “Bunyodkor” futbol klubi tarixiga zarhal harflar bilan yozib qo'yiladigan bo'ldi. Klubning 70 nafarga yaqin yosh futbolchilari ilk bor Xorvatiyaga safar uyushtirdi. Akademiyaning uch jamoasi (U-11, U-13 va U-14) yozning birinchi haftasida bu go'zal mamlakatda ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Dalmatinko Cup” musobaqasida Evropa futbol akademiyalarida tahsil olayotgan tengqurlari bilan kuch sinashdi. 

Har yili ananaviy tarzda o'tadigan musobaqaning bu galgisida 13 mamlakatdan 200ga yaqin jamoa, 3500 nafardan ortiq yosh futbolchilar qatnashdi. O'zbek futbolining yosh qaldirg'ochlari Xorvatiya, Sloveniya, Makedoniya, Ukraina, Qozog'iston, Kosovo, Vengriya, Albaniya, CHexiya, Bosniya va Gercegovina kabi davlatlarning jamoalari bilan bahslashdi.


“Bunyodkor-2008” (U-14) va “Bunyodkor-2009” (U-13) jamoalari saralashlarni omadli tarzda o'tkazgan holda chorak finalgacha etib kelishdi. Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi “Bunyodkor-2008” guruhda uch g'alaba va bir durangga erishdi. Jumladan, Xorvatiyada eng kuchli akademiyalardan bo'lgan “Xayduk” (Split) jamoasini 1:0 hisobida engdi. Ammo 1/4 finalda “Primorac” klubiga qarshi ikki bor hisobda oldinda borishiga qaramay, yakunda 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi-2:4.

Alisher Ibrohimov etakchiligidagi “Bunyodkor-2009” guruh bosqichidan so'ng chorak finalda mamlakatning eng kuchli, dunyoda oltinchi, Evropada esa uchinchi o'rinda turuvchi “Dinamo” (Zagreb) futbol akademiyasi vakillari ro'baro' keldi. Nomdor raqib bilan yosh futbolchilarimiz tengma-teng kurash olib bordi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida mezbonlar ustun keldi – 7:8.


G'ulom Xalimtoev shogirdlari bo'lgan “Bunyodkor-2011”ga esa omad ko'proq kulib boqdi. Ular faqat finalda Sloveniyaning “Domjale” jamoasidan mag'lub bo'ldi. Xalqaro musobaqada ilk bor qatnashgan holda 2-o'rinni egallash har qanday jamoa uchun muvaffaqiyatli sanaladi. SHu jihatdan 2011 yilda tavallud topgan yosh charm tup ustalarining Xorvatiyadagi o'yinlarini ijobiy baholash lozim. 

Evropa futbol maydonlarida tup surgan bolajonlar uchun eng esda qolarli yana bir voqea 6 iyun kuni yuz berdi. UEFA Millatlar ligasi turniri doirasida shu kuni Split shahridagi “Polyud” stadionida so'nggi jahon chempionatining finalchilari – Xorvatiya va Franciya milliy terma jamoalari o'zaro bahslashdi. Jahon futbolining etakchilari ishtirokidagi o'yinni bolajonlarimiz bevosita stadiondan tomosha qilishdi. Bu ularga katta zavq, olam-olam taassurotlar, unutilmas lahzalar tuhfa etgani shubhasiz.


Turnir davomida akademiyalar o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, o'quv-yig'inlar, o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish borasida kelishuvlarga erishildi.

SHuningdek, safar davomida “Bunyodkor”ning bir guruh mutaxassislari Zagrebda “Dinamo” klubi infratuzilmasi, faoliyati, ish yuritish tartibi, o'ziga xos xususiyatlari bilan yaqindan tanishdi. “Dinamo” FK rahbariyati bilan har yili “Bunyodkor”ning 4-5 nafar iqtidorli futbolchilari Zagrebda bo'ladigan ko'rik mashg'ulotlarida qatnashishi bo'yicha kelishib olishdi.

T. Ro'ziev, O'zA.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing