Bosh sahifa
24 may 16:14 Boks/MMA

Eddi Xirn Neyt Diaz va Jeyk Pol o'rtasidagi jang haqida gapirdi

Mashhur promouter Eddi Xirn bokschi-bloger Jek Pol va sobiq UFC jangchisi Neyt Diaz o'rtasidagi jang haqida gapirdi.

"Neyt haqida gapirmoqchiman, u nima qilishnini hech kim bilmaydi. U mag'lub bo'lishi yoki aksincha bo'lishi ham mumkin. Diaz Andre Uord bilan sparring qilganini va yana shunga o'xshash xabarlarni eshitdim.

To'g'risini aytsam Jeyk Pol osonlik bilan g'alaba qozonishiga ishonyapman. Menga Diaz yoqadi va men uning g'alaba qozonishini xohlayman, lekin Jeyk uni to'xtatadi deb o'ylayman", - deydi Xirn.

Eslatib o'tamiz, Neyt Diaz va Jeyk Pol o'rtasidagi jang 5 avgust kuni AQSHning Texas shtati Dallas shahrida bo'lib o'tadi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar