So’nggi yangiliklar

11:34Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси! 0 11:13Олимпиада совриндорлари Японияга жўнаб кетишди 0 10:52US Open. Наоми Осака дунёнинг учинчи ракеткасини мағлуб этди 0 10:31Боксчиларимиз Жаҳон чемпионати манзилига етиб боришди 0 10:10CAFA. Бугун Турманистонга қарши майдонга тушамиз 0 09:49Магомед Анкалаев: "Перейра машғулотига таксичиларни таклиф қилибди" 0 09:28Синнер US Open 1/8 финалида қозоқ теннисчисини "сочиб" ташлади 0 09:07Фурқатбек Ёқубов: "Дана, менга локация ташла, манзилнинг аҳамияти йўқ!" (+ВИДЕО) 0 08:46Марко Асенсио энди турк клуби шарафини ҳимоя қилади 0 08:25Фомин Shanghai Challenger турнири саралашида иккита ўйин ўтказди 0 08:04Жей Опетайя Усик билан жанг учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 07:43UFC Париж турнирининг асосий кардидан ўрин олган жанг бекор қилинди 0 07:22Расман: Исак - "Ливерпуль" футболчиси! Трансфер рекорди янгиланди 0 07:01US Open. Свёнтек сўнгги рус теннисчисини ҳам мағлуб этди 0 19:23Аманда Нунес жамоасида Кайла Харрисонга қарши жанг санаси маълум қилинди 0

31 avg 14:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Promouter Joshua qachon Fyuri bilan jang qilmoqchi ekanligi haqida gapirdi

Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn bokschining Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jangi borasida fikr bildirdi.

"Hozir men Entonining Tayson Fyuriga qarshi jangini faqatgina kelasi yilda ideal scenariy sifatida ko'ryapman. Bu asosiy maqsad. Oqilona qaraganda jang 2026 yilda bo'lishi kerak, lekin “oqilona qaror” va Fyuri qarorlari hamisha bir-biriga to'g'ri kelmaydi. U qaytishni xohlashi kerak. Bu uning shaxsiy qarori.

Biz keyingi raqibni juda ehtiyotkorlik bilan tanlashimiz lozim. Va menimcha, to'g'risini aytish kerak: keyingi jang kambek bo'ladi, u bizga yozda hal qiluvchi jang o'tkazish imkonini beradi. Biz Fyuri bilan jangni istaymiz. Agar u bo'lmasa ham, baribir yirik jang qilamiz.

Bizga top-15dan raqib kerak. Bu Fyuri, Usik, Dyubua yoki boshqa eng kuchlilardan biri bo'lmaydi. Bizga Entonining bir yildan ortiq tanaffusdan keyin raqobatbardosh jangga qaytishi uchun kerakli sportchi kerak. Bu bosqichda mag'lubiyat uning faoliyatiga qattiq zarba bo'ladi. SHuning uchun hammasini to'g'ri qilishimiz shart.

Joshua mashg'ulotlarga qaytdi — bu yaxshi belgi. Ko'p saytlar uning yanvar yoki fevral boshida ringga qaytishi mumkinligini yozmoqda. Lekin u hech qaerga shoshmayapti.

Fyuri haqida aytsam, uni jangga ko'ndirmoqchi bo'lsangiz, ish ancha murakkablashadi. Unga o'z xohishi bilan ish qilishga yo'l qo'yish kerak. Tayson tayyor bo'lsa va haqiqatan ham shuni xohlasa, siz bu haqda bilib olasiz. Bizningcha, jang bo'lishi mumkin, lekin biz bundan oldin ham ko'p marta shunday vaziyatdan o'tganmiz. Fyurining keyingi qadamini oldindan taxmin qilish juda qiyin. Agar u qaytishga qaror qilsa, men boshqa sababni ko'rmayapman — faqat Joshuaga qarshi jang. Umid qilamanki, u 2026 yil boshida qaytib jang qiladi, keyin biz ham o'z jangimizni o'tkazib, nihoyat uchrashamiz", — dedi Xirn Sky Sports’ga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing