02 sen 11:13
Yangiliklar
Dzyudo

Olimpiada sovrindorlari Yaponiyaga jo'nab ketishdi
Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov hamda Parij-2020 Olimpiya o'yinlari sovrindori Alisher Yusupov murabbiy Nurali Qobulov boshchiligida Yaponiyaga yo'l oldi.
Terma jamoamizning etakchi dzyudochilari Yaponiyaning Xiracuka shahrida joylashgan Tokay Universitetida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishadi. Davlat Bobonov Parij Olimpiadasidan keyin jarohat sabab musobaqalarda ishtirok etmadi. Alisher Yusupov ham deyarli turnirlarda qatnashmadi.
SHu sababdan har ikki dzyudochimiz individual tarzda, alohida belgilab berilgan mashg'ulotlar orqali optimal sport formaga kirib borishadi. Dzyudo vatanidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 12 sentyabrgacha davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar