19 okt 13:11
Yangiliklar
Futbol
SHahin kechagi qiyin g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Turkiya Superligasiing 8-turidan o'rin olgan "Istanbul Bashakshexir" - "Gaziantep" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nuri SHahin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'yinni juda yaxshi boshladik. Tezkor gol urdik. Birinchi bo'limda deyarli to'liq ustunlik qildik. Yagona kamchilik — ikkinchi golning urilmagani bo'ldi. Bu mavsumda ikkinchi bo'limni yaxshi boshlay olmaslik muammosiga duch kelyapmiz. Bugun ham aynan shunday bo'ldi.
Biz ikkinchi bo'lim boshida raqibga ustunlikni berib qo'ydik va oqibatda o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Biroq, bu safar, ehtimol, bu biz uchun joriy mavsumdagi juda muhim tub burilish nuqtasiga aylandi va biz o'yin borishini o'z tomonimizga bura oldik", - dedi murabbiy.

Havola :
Fikrlar