02 sen 07:43
Yangiliklar

UFC Parij turnirining asosiy kardidan o'rin olgan jang bekor qilindi
Franciyalik engil vazn toifasi vakili Fares Ziam ishtirokidagi jang UFC Parij turnirining asosiy kardini ochib berishi kerak edi. Ammo Ziam buvisi vafot etgani bois braziliyalik raqibi Kaui Fernandesga qarshi oktagonga chiqmaydigan bo'ldi.
"Buvimning vafoti hamda uning dafn marosimi tashkiliy masalalari sabab 6 sentyabr kungi jangdan voz kechishim majbur bo'ldim. Oila men uchun birinchi o'rinda. Meni o'rnimda boshqa odam bo'lganida ham shunday yo'l tutardi", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Ziam.
Hozirda promoushen rasmiylari bu holat bo'yicha bayonot berishmadi. SHu boisdan, Fernandesga yangi raqib beriladimi yoki jangning o'zi boshqa turnirga ko'chiriladimi, bu haqda aniq malumot yo'q. Fares Ziam UFC oktagonida ketma-ket 5 ta, Kaui Fernandes esa 2 ta jangda g'alaba qozongan.
Fikrlar