02 sen 09:49
Yangiliklar

Magomed Ankalaev: "Pereyra mashg'ulotiga taksichilarni taklif qilibdi"
Unda braziliyalik aralash yakkakurash ustasi parterga o'tishdan qanday himoyalanayotganini namoyish etgan.
Rossiyalikning takidlashicha, Pereyrani parterga tushirishga urinayotgan olti sparring-sherikning barchasi gavda jihatidan undan yaqqol kichkina va kamiga kurash ko'nikmalariga ham ega emas.
"Aleks kurashda yordam berishlari uchun lagerga bir necha taksi haydovchilarini taklif qildi. Sen kurash haqida qayg'urishing shart emas, chunki sening katta boshingga yana zarba uchib keladi. Kurashdan ko'ra "stoyka"ga tayyorgarlik ko'r", deb yozgan Ankalaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, 4 oktyabr kuni Las-Vegasdagi UFC 320 turnirida yarimog'ir vazn toifasi chempioni rossiyalik Magomed Ankalaev ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi oktagonga chiqadi. Bu Aleks uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi.
Fikrlar