02 sen 09:28
Yangiliklar
Tennis

Sinner US Open 1/8 finalida qozoq tennischisini "sochib" tashladi
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turnirining 1/4 finaliga yo'l oldi.
Italiyalik tennischi to'rtinchi davrada ATP reytingida 24-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikka bor yo'g'i 3 ta geymni yutib olish imkonini berdi - 6:1, 6:1, 6:1.
Sakson bir daqiqa davom etgan uchrashuvda Sinner 8, Bublik esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Yannik AQSH Ochiq chempionatining chorak finalida o'ziga xos Italiya derbisida dunyoning o'ninchi raketkasi 23 yoshli Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar