25 avg 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF chempioni Opetaya og'ir vaznga o'tishi mumkin
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirnning aytishicha, birinchi og'ir vaznda IBF yo'nalishi bo'yicha chempion Jey Opetaya boshqa chempionlardan biri bilan jang qilmasa, og'ir vazn toifasiga o'tishi mumkin.
"Jey majburiy raqibga qarshi chempionlikni himoya qilishi kerak edi. Bu yaxshi variant emas, lekin bizda qolayotgan yagona yo'l — og'ir vazn toifasiga o'tish. Kamarlarni birlashtira olmasak, sharmandalik bo'ladi. O'ylaymanki, noyabr yoki dekabrda CHinkara bilan jang o'tkazamiz. Agar shundan keyin ham birlashtiruvchi jang berilmasa, unda to'laqonli og'ir vazn divizioniga ko'tarilamiz", dedi Xirn.
Havola :
Manba : The Punch
Fikrlar