11 okt 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Uaylderning Opetayaga qarshi jangi Joshua - Fyuri kardida o'tkazilishi mumkin
Og'ir vazn toifasida WBC sobiq chempioni Deontey Uaylder navbatdagi jangini mag'lubiyatsiz avstraliyalik Jey Opetayaga qarshi o'tkazishi mumkin.
Bu haqda The Ring insayderi Mayk Koppinjer X'dagi sahifasida malum qildi.
Malumotga ko'ra, jang 11 dekabr kuni Uelsning Kardiff shahrida o'tkaziladigan yirik boks oqshomi doirasida tashkil etilishi mumkin. Uaylder va Opetaya o'rtasidagi bahsni superog'ir vaznda o'tkazish rejalashtirilayotgani aytilmoqda.
Hozircha jang rasman elon qilinmagan. Mazkur boks oqshomining asosiy jangi ikki britaniyalik — Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasida bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : x.com/MikeCoppinger
Fikrlar