So’nggi yangiliklar

17:40Алекс Перейра Ган билан жанг аслида қачон ўтказилиши кераклигини айтди 0 16:12Моуринью "Реал Мадрид"нинг олти футболчисини трансферга қўяди 0 15:30"Менга Жейк Полни боксдан йўқотиш вазифаси қўйилганди. Вазифани виждонан бажардим" - Жошуа 0 14:58"Гэтжи мени кибрли деб ҳисоблайди, аммо бу қандай тугашини биласизлар" - Топурия 0 14:086 нафар боксчимиз World Boxing рейтингида пешқадам сифатида қайд этилди 0 12:54Саудия Арабистони Жаҳон чемпионати ўйинлари учун бепул чипталар тарқатади 0 11:32Хотамбек Бойназаровга мағлуб бўлган жангчи UFC'га ўтди 0 10:56Нурмагомедов Макгрегорнинг қайтишига ишонмаяпти 0 09:33Дмитрий Бивол фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 08:57Водилда белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди 0 08:12ФИФА Жаҳон чемпионати олдидан Абдуқодир Ҳусановга алоҳида эътибор қаратди 0 19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0

02 sen 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Furqatbek Yoqubov: "Dana, menga lokaciya tashla, manzilning ahamiyati yo'q!" (+VIDEO)

O'ta engil vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz Furqatbek Yoqubov UFC matchmeykerlari, xususan promoushen rahbari Dana Uaytga murojaat qildi.

"Men kikboksing bo'yicha uch karra jahon chempioniman. Hozirda MMAda o'z janglarimni o'tkazib kelyapman. CHeyl Sonnen jamoasi tarkibida The Ultimate Fighter 33 shousida ishtirok etdim. Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Mik Meynard (UFC matchmeykeri), Dana Uayt, men UFC`da jang qilishga tayyorman. Menga lokaciya tashlasangiz kifoya. Abu-Dabidagi turnir bo'ladimi yoki boshqasi, men oktagonga chiqishga shayman. Menga imkoniyat bering", - deya murojaat qilgan Furqatbek Yoqubov. 

Hamyurtimiz yaqinda The Ultimate Fighter 33 shousi doirasida CHeyl Sonnen jamoasi tarkibida Daniel Kormening jamoasidagi qozog'istonlik Alibi Idirisga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Alibi ushbu shoudagi ishtiroki sabab UFC`dan jang olgandi. Uning debyuti 17 avgust kuni UFC 319 turniri doirasida Jozef Moralesga qarshi bo'lib o'tdi va ikkinchi raundda raqibi tomonidan bo'g'ib qo'yildi. Mag'lubiyatga qaramay, UFC rahbarlari Idris bilan yana 4 ta jang uchun shartnoma imzolashdi.    

Malumot uchun, 30 yoshli Furqatbek Yoqubov MMAdagi faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing