01 sen 19:23
Yangiliklar

Amanda Nunes jamoasida Kayla Xarrisonga qarshi jang sanasi malum qilindi
Bu haqda braziliyalik murabbiy Din Tomas UFC Unfiltered podkastida malum qildi.
"Biz hozir jarayondamiz va jamoani yig'moqdamiz. Amanda sog'lom, uning jarohatlari yo'q va biz uning hayoti, lageri va mashg'ulotlarini tashkil qilamiz. SHunda u dekabr oyida jangga chiqishi mumkin. Ha, biz qaytishni dekabr oyiga mo'ljallayapmiz.
Amanda kecha shunday dedi: "Men Xarrisonning qanchalik kuchli ekanligini bilaman. Men u bilan mashq qildim va u haqiqatan ham kuchli. Uning nimalarga qodirligini bilaman va bu meni hayratga soladi". U Kaylaning kuchi va imkoniyatlarini anglab etgani Amandani yanada ruhlantiradi. Bu uni yanada ilhomlantiradi va u bunday ishtiyoqni his qilganda yaxshiroq kurashadi", - dedi amerikalik mutaxassis.
Katta ehtimol bilan ushbu jang 6 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 323 turnirining kardini to'ldirishi mumkin.
Fikrlar