07 avg 12:13
Yangiliklar
Sport kurashlari
Kayl Snayder va Ahmed Tajudinov o'rtasida revansh jangi o'tkaziladi
Erkin kurash bo'yicha Olimpiada g'oliblari Kayl Snayder va Ahmed Tajudinov Real American Freestyle (RAF) turnirida o'zaro revansh bahsini o'tkazadi.
Musobaqa 5 sentyabr kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati malum qildi.
Eslatib o'tamiz, kurashchilarning ilk o'zaro bellashuvi shu yil mart oyidagi RAF turnirida bo'lib o'tgan va unda amerikalik Kayl Snayder g'alaba qozongan edi.
30 yoshli Kayl Snayder 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni hamda 2020 yilgi Olimpiada kumush medali sohibi hisoblanadi. SHuningdek, u jahon chempionatlarida to'rt marta (2015, 2017, 2022 va 2025 yillar) g'olib chiqqan.
23 yoshli Ahmad Tajudinov esa Dog'istonda tug'ilgan bo'lib, xalqaro musobaqalarda Bahrayn sharafini himoya qiladi. U 2024 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni va 2023 yilgi jahon chempionati g'olibi hisoblanadi.

Havola :
Manba : Real American Freestyle
Fikrlar