So’nggi yangiliklar

09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0 18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0

06 sen 09:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Moskvadagi RAF turnirining barcha natijalari: CHimaev va Sadullaevda g'alaba. SHara Bulletda-chi?

UFC`ning o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Xamzat CHimaev "Real American Freestyle" (RAF) professional kurash ligasida navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida bo'lib o'tgan RAF turnirida u amerikalik Tayron Vudlini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi davra boshlanishi bilanoq "Borz" raqibini ikki marta gilamdan tashqariga chiqarib yuborib, ikki ochko jamg'ardi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida esa u amerikalik kurashchini gilamga kuchli zarb bilan uloqtirib, uni parterda ushlab turdi va "tushe" (kurakni erga tekkizish) usuli evaziga muddatidan avval g'alabani rasmiylashtirdi.

Turnirning ikkinchi asosiy voqeasida rossiyalik afsonaviy kurashchi Abdulrashid Sadullaev tashkilotdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. U amerikalik Zak Braunagelni 8:6 hisobida mag'lub etdi. Bu bilan rossiyalik kurashchi ikki oy avval tizzasidan olgan jarohati sababli yarim og'ir vazn toifasidagi RAF chempioni Kayl Snayderga "tushe" evaziga boy bergan mag'lubiyatini yuvdi.

Kayl Snayder Moskva turnirida Ahmed Tojiddinovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi - 11-5. Ushbu bellashuv yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechdi. Oqshom doirasida rossiyalik UFC jangchisi SHarabutdin "SHara Bullet" Magomedov Neyman Greysini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi - 11-3. 


Turnirning barcha natijalari:

Xamzat CHimaev Tayron Vudlini "tushe" evaziga mag'lub etdi – 1-davra, 1-daqiqa 34-soniya

Abdulrashid Sadullaev Zak Braunagelni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (8-6)

Zahid Valensiya Ibrohim Qadievni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (9-5)

SHarabutdin Magomedov Neyman Greysini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (11-3)

Kayl Snayder Ahmed Tojiddinovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (11-5) – yarim og'ir vazn toifasida chempionlik bellashuvi

Kayl Deyk Magomedxabib Kadimagomedovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (7-6) – kruzerveyt vazn toifasida chempionlik bahsi

Jordan Barrouz Magomed Qurbonalievni texnik ustunlik evaziga mag'lub etdi (10-0)

Kennedi Bleyds Vusala Parfianovichni texnik ustunlik evaziga mag'lub etdi (10-0) – o'rta vazn toifasida chempionlik bahsi

Bo Nikal SHirvani Muradovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (11-8)

Jeyson Nolf Ismoil Xanievni oxirgi samarali harakat mezoni bo'yicha mag'lub etdi (5-5)

Puyya Rahmoniy Anatoliy Malixinni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (10-3)

Yusuf Raisov Marif Piraevni texnik ustunlik evaziga mag'lub etdi (12-2)

Vito Arudjao Soslan Ramonovni texnik ustunlik evaziga mag'lub etdi (13-2)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing