02 sen 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Jey Opetayya Usik bilan jang uchun superog'ir vaznga ko'tarilishga tayyor
Aleksandr Usikning o'zi ham superog'ir vazn toifasiga ko'tarilishdan oldin birinchi og'ir vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lgan.
Jey Opetayya ayni paytda aynan birinchi og'ir vaznda jahon chempioni bo'lib turibdi. U ukrainalik jahon chempioni bilan jang uchun superog'ir vaznga ko'tarilishga tayyor ekanini malum qildi.
"Yagona inson uchun men superog'ir vaznga ko'tarilishga tayyorman, bu - Aleksandr Usik! Faqat chempionlik jangi uchun og'ir vaznga ko'tarilaman", – dedi Opetayya Boxing King Media YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, birinchi og'ir vaznda sobiq jahon chempioni latviyalik Mayris Briedis Aleksandr Usikni mag'lub etishi mumkin bo'lgan ikki bokschini aytgandi. Ulardan biri aynan Jey Opetayya edi, ikkinchisi esa - Mozes Itauma.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar