27 avg 12:23
Yangiliklar

Tayson Fyuri "Manchester Yunayted" cabab futbolni kuzatmay qo'ydi
Britaniyalik bokschining so'zlariga ko'ra, u "Manchester Yunayted"ni yomon natijalari sabab qo'llab-quvvatlamay qo'ygan va buning o'rniga ot poygasini tomosha qilishga o'tgan.
"To'g'ri, men futbolning katta ishqibozi emasman. Lekin shu paytgacha uzoq vaqt "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilardim. Ammo hozir unday emas. "Qizil iblislar"ning "axlat" o'yini sabab hech qaysi futbol jamoasiga muxlislik qilmayapman. Avvallari Angliyaga ham muxlislik qilganman, ammo Evro-2016da Islandiyaga yutqazgach, futbolni butunlay tark etdim. Endi ot poygasiga qiziqaman," - dedi Fyuri.
Malumot uchun, "Manchester Yunayted" klubi 2024/2025 yilgi mavsumni APLda 15-o'rinda yakunladi. Bu yilgi chempionatda jamoa avvaliga "Arsenal"ga yutqazdi (0:1), keyin esa "Fulxem" bilan durang (1:1) o'ynadi. Angliya terma jamoasi esa Evro-2016 turnirining 1/8 finalida Islandiyaga imkoniyatni boy (1:2) berib, turnirni tark etgandi.
Fikrlar