02 sen 10:52
Yangiliklar
Tennis

US Open. Naomi Osaka dunyoning uchinchi raketkasini mag'lub etdi
Dunyoning uchinchi raketkasi bo'lib turgan amerikalik Koko Goff kutilmaganda AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Mezbonlar vakilasi to'rtinchi davrada WTA reytingida 24-o'rinni egallab turgan yaponiyalik Naomi Osakaga 3/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kun chiqar yurt vakilasi bu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 3:3.
Oltmish olti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennis malikasi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Goff 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Osakada bu borada bexato o'ynadi. "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning to'rt karra g'olibasi endi chorak finalda chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar