Bosh sahifa
26 apr 19:37 Tennis

Fomin Kipr turniridagi ishtirokini boshladi

Kiprning Larnaka shahrida tennis bo'yicha ITF15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Hamyurtimiz Sergey Fomin Alaminos-Larnaca turnirining birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi biroz avval 1/16 final uchrashuvida shveycariyalik Niko Jaegerga qarshi kortga chiqdi.

Ikki soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda Fomin qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi - 7/6(3), 6/4. Sergey ATP reytingida 355-pog'onadan joy olgan. Niko esa hali reytingga ega emas. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar