02 sen 08:25
Yangiliklar
Tennis

Fomin Shanghai Challenger turniri saralashida ikkita o'yin o'tkazdi
Xitoyning SHanxay shahrida tennis bo'yicha ATP 100 toifasiga kiruvchi "CHellenjer" turnirining saralash bahslari davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 160 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinab ko'rdi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi saralashda 10-raqam ostida tasniflangan bo'lib, ilk davrada xitoylik 19 yoshli CHjan Tyanxueyni 6/2, 6/0 hisobida dog'da qoldirdi. Ikkinchi bosqichda esa afsuski, Xitoy Taypeyi tennischisi Xuan Cun-Xaoga yutqazib qo'ydi - 3/6, 2/6.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 483, CHjan Tyanxuey 570, Xuan Cun-Xao esa 550-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar