02 sen 15:04
Yangiliklar
Paralimpiya

Para velosportchilarimiz Jahon chempionatida Osiyo jamoalari orasidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Belgiyaning Ronse shahrida 4 kun davom etgan para velosport bo'yicha Jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 5 ta medalga ega chiqishdi.
Kumush:
Marjona Pardaboeva (T1 klassida 23.3 km guruh poygasi hamda vaqt poygasida)
Pokiza Axmadbekova (H1 klassida 35 km guruh poygasi hamda vaqt poygasida).
Bronza:
Aziz Ataxo'jaev (T1 klassidagi vaqt poygasida).
Bu orqali hamyurtlarimiz Jahon chempionatida Osiyo jamoalari orasidagi eng yaxshi natijani qayd etishganini takidlash lozim.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar