02 sen 18:11
Yangiliklar
SHaxmat

FIDE reytingi yangilandi: Nodirbek Abdusattorov endi kuchli o'nlikda emas
Xalqaro shaxmat federaciyasi tashkilot reytingini yangiladi.
Erkaklar o'rtasidagi eng kuchli o'nlik reytingida ikkita o'zgarish yuz berdi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov va Niderlandiya vakili Anish Giri quyiga tushdi.
Ularning o'rniga esa amerikalik Uesli So, shuningdek, Germaniya sharafini himoya qiluvchi Vinsent Keymer o'nlikdan joy oldi.
Nodirbek Abdusattorov hozirda 2748 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi.
Havola :
Manba : t.me/chessgames
Fikrlar