02 sen 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Menedjer Arman Carukyanning UFC’dagi ehtimoliy raqibini aytdi
Mashhur MMA menedjeri Ali Abdel-Aziz UFC engil vazn toifasidagi chempionlik davogarlari haqida fikr bildirdi.
"Hech narsa o'zgarmadi. Jastin Getji o'z poziciyasida turibdi. Men uni 100% qo'llab-quvvatlayman. Unga chempionlik jangi berish to'g'ri bo'ladi. Agar Arman Carukyanga Jastindan oldin chempionlik jangi elon qilinsa, men “yaxshi” deyman. Roziman. U — birinchi raqam, unda juda kuchli g'alabalar seriyasi bor.
Lekin siz menga Jastin yoki Armandan boshqa birovga chempionlik jangi berilishi kerak deb ayta olmaysiz. Ko'rinishidan, Arman Den Hukerga qarshi jang qiladi. Menimcha, agar Jastin Getjining UFC uchun qilgan barcha hissasini hisobga olsak, unga kamida chempionlik jangi berishingiz kerak — Topuriyaga qarshi", — dedi menedjer.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar