02 sen 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev UFC`da superyulduzlar yo'qligini izohladi
Engil vaznda sobiq promoushen chempioni Islam Maxachev nega ayni paytda UFC’da Ronda Rouzi, Konor Makgregor, Jon Jons kabi yulduzlar yo'qligi haqida fikr bildirdi.
"UFC bu borada kamroq ishlay boshladi. Ilgari ular xohlagan odamdan yulduz yasashgan, o'zlari shug'ullanishgan, jangchilarning pyari (PR) ustida ishlashgan. SHu ishlarga katta etibor berishgan, hozir esa bunga qiziqish yo'qolgan. Dana ham katta odam - uning boshqa ishlari bor. U ko'proq boshqa narsalar bilan shug'ullanadi. UFC istasa, xohlagan narsasidan shov-shuvli jang qilishi mumkin. SHunchaki buni xohlashi kerak. Dana Uayt o'z ildizlariga qaytishi kerak. Odam ham motivaciyasini yo'qotadi. Balki, Dana o'z o'rnini boshqa boshqaruvchiga topshiradigan vaqt kelgandir", - dedi Maxachev "Udar" telekanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar