26 avg 14:32
Yangiliklar
Tennis

Cergey Fomin yaponiyalik tennischi oldida ojiz qoldi
Xitoyning CHjanzyagan shahrida tennis bo'yicha ATP tasnifidagi "CHellenjer" turnirining saralash bahslari o'tkazilmoqda.
Zhangjiagang International Challenger musobaqasining mukofot jamg'armasi 91,250 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ushbu Challenger 75 toifasiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sergey Fominning ham ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Afsuski, biroz avval yakuniga etgan uchrashuvda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi yaponiyalik Kokoro Isomuraga deyarli qarshiliksiz imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 2/6. 24 yoshli Fomin ATP reytingida 483, 22 yoshli Isomura esa 480-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar