02 sen 19:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyaoning keyingi jangi ham kamar uchun bo'lishi mumkin
Menni Pakyaoning jamoadoshi SHon Gibbons filippinlik afsonaviy bokschi uchun ehtimoliy keyingi raqib nomi haqida gapirdi.
"Hozircha Barrios bilan revansh muhokama qilinmayapti. Menni Rolli Romero va uning WBA chempionilik kamariga etiborni qaratmoqda. U 46 yoshida ham tarixga kirish uchun muhim janglarni xohlayapti.
Lekin hozircha hech qanday kelishuv yo'q. Romero — Menniga to'g'ri kelishi mumkin bo'lgan raqiblardan biri, xolos", — dedi Pakyaoning maslahatchisi SHon Gibbons.
Eslatib o'tamiz, Pakyao yozda professional boksdagi faoliyatini qayta tikladi. 20 iyulda u Mario Barriosga qarshi jang qilgan va bahs hakamlarning qaroriga ko'ra durang bilan yakunlangan.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar